Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Savdo natijalari 09.10.2019      Savdo natijalari 08.10.2019      Savdo natijalari 07.10.2019      Savdo natijalari 04.10.2019      Savdo natijalari 03.10.2019      Savdo natijalari 02.10.2019      Savdo natijalari 30.09.2019      Savdo natijalari 27.09.2019      Savdo natijalari 26.09.2019      Savdo natijalari 25.09.2019      Savdo natijalari 24.09.2019      Savdo natijalari 23.09.2019      Savdo natijalari 20.09.2019      Savdo natijalari 19.09.2019      Savdo natijalari 18.09.2019      Savdo natijalari 17.09.2019      Savdo natijalari 16.09.2019      Savdo natijalari 13.09.2019     

 

portal

Mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo’lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, shuningdek, kompaniya faoliyati to’grisidagi axborot bilan ta’minlash orqali boshqarishda aksiyadorlarni va investorlarni rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Korporativ axborot yagona portali ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Ushbu portal Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi veb-sayti negizida, Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish
 hаmdа joriy etish mаrkаzi (“UZINFOCOM” DUK) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida yaratildi.

Portalda xalqaro normalarni hisobga olgan holda quyidagilar oshkor etiladi:

  • moliyaviy hisobotlar va auditor xulosasi;
  • aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi muhim faktlar haqida axborot;
  • bo’lajak investorlar uchun emissiya risolasi, aksiyalarni joylashtirish haqida ma’lumot, aksiyadorlik kapitali hajmi va boshqa axborotlar;
  • korporativ boshqaruv va qimmatli qog’ozlar bozori bo’yicha normativ-huquqiy bazadagi o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi "Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida" gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq qimmatli qog'ozlar emitenti tomonidan Markazning rasmiy veb-saytida quyidagilarni oshkor qilishi shart:

  • emissiya risolasi va unda ko’rsatilgan axborotni qimmatli qog'ozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida 2 hafta qolganida, bundan qimmatli qog'ozlarni xususiy (yopiq) joylashtirish mustasno;
  • emitentning yillik hisobotini aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig’ilishi o’tkazilganidan keyin2 hafta ichida;
  • emitentning I chorak, I yarim yil va 9 oy yakunlariga doir hisobotni hisobot oyidan keyingi 1 oy ichida;
  • emitent faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan e’tiboran 2 ish kuni ichida.

Korporativ axborot yagona portalini yaratish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturining 35-bandida ko’rsatilgan.

Portal www.openinfo.uz manzili bo’yicha joylashgan bo’lib, unda axborot aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa qimmatli qog’ozlar emitentlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali oshkor etiladi.

Ma’lumotlar tezkor, uch tilda va qulay formatda bo’lishi uchun Portal doimiy mukammallashtirilib boriladi.

Qimmatli qog’ozlar bozorida axborotni taqdim etish va e’lon qilish tartibi Qimmatli qog’ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalarida belgilangan (ro’y. № 2383 31.07.2012 yil)

Matbuot xizmati

YANGILIKLAR TAQVIMI

Kutubxona

Feed not found
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech