Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Savdo natijalari 09.10.2019      Savdo natijalari 08.10.2019      Savdo natijalari 07.10.2019      Savdo natijalari 04.10.2019      Savdo natijalari 03.10.2019      Savdo natijalari 02.10.2019      Savdo natijalari 30.09.2019      Savdo natijalari 27.09.2019      Savdo natijalari 26.09.2019      Savdo natijalari 25.09.2019      Savdo natijalari 24.09.2019      Savdo natijalari 23.09.2019      Savdo natijalari 20.09.2019      Savdo natijalari 19.09.2019      Savdo natijalari 18.09.2019      Savdo natijalari 17.09.2019      Savdo natijalari 16.09.2019      Savdo natijalari 13.09.2019     

RSE logoO`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi PF-4720-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarining 33-bandiga muvofiq to`g`ridan-to`g`ri hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini ko`zda tutuvchi  uyushgan savdolarda jismoniy shaxslar o`rtasidagi aksiyalar oldi-sotdi bitimlari bo`yicha soddalashtirilgan hisob-kitob kliring xizmatlarini tadbiq etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Toshkent” RFB boshqaruvining 25.06.2015 yildagi 38-sonli qarori bilan hisob-kitob -kliring operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar tasdiqlandi.

Ushbu o’zgartirish va qo’shimchalar Markaz bilan o’rnatilgan tartibda kelishilib, 30.06.2015 yildan kuchga kirdi.

Qoidalar X-I qismi “Jismoniy shaxslar o`rtasida deponentlashsiz  pul mablag`larini (bitim qiymatini) kliring va hisob-kitobini amalga oshirish tartibi” bilan to`ldirildi.

Qoidalarning 102-1 bandiga ko’ra, “Toshkent” RFB ning hisob-kitob kliring palatasiga (HKP) pul mablag`larini deponentlashsiz to`g`ridan-to`g`ri hisob-kitobni amalga oshirishni ko'zda tutuvchi eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ko`p bo`lmagan miqdordagi jismoniy shaxslar o`rtasidagi qimmatli qog`ozlar oldi-sotdi bitimlari birja savdolari qoidalariga muvofiq mazkur bo`limda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Qoidaning 102-6 bandiga muvofiq, sotuvchi nomidan qatnashayotgan broker, HKPga sotuvchi sotilgan qimmatli qog’ozlar bo`yicha pulni olganlik to`g`risidagi tilxatni “T+n” muddati ichida taqdim etadi. Tilxat sotuvchi yoki uning ishonchli vakili va brokerlik idorasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda brokerlik idorasi tomonidan muhirlanadi.

Tilxat olingandan va bitim tomonlari HKP hisobiga RFB, Markaziy Depozitariy (MD) va brokerlik idoralarining komissiya haqini to`lash uchun etarli summa o`tkazgandan hamda sotuvchi bitim summasining 0.01% miqdorida yig`imni (soliq o`rniga) o`tkazgandan so`ng HKP darhol bitim bo`yicha majburiyatlar aniqlashtirishni (hisobga olishni) amalga oshiradi (102-7 band ).

HKP bitim boyicha aniqlashtirishni (hisobga olishni) amalga oshirgandan so'ng joriy kunning 15:40 gacha yoki keyingi kunning 10:45 gacha quyidagicha topshiriq beradi:

MDga bitimda qayt etilgan miqdorda qimmatli qog’ozlarni sotuvchining hisobidan sotib oluvchisining hisobiga o`tkazish;

Hisob-kitob bankiga (Milliy bank) bitim ishtirokchilarining hisob raqamlaridan pul mablag’larni o’tkazishni , hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti uchun yig’imni HKP hisobidan tegishli banklar hisobiga o’tkazish (102-10-band).

MD va Hisob-kitob banki “T+n” yoki “T+n+1” kunida HKPdan olingan topshiriqlarni bajaradi.

Eslatib o’tamiz, 15.12.2014 yildan O’zbekistondagi eng kam oylik ish haqi miqdori 118 400 so’mni tashkil etadi.

Mapkaz  matbuot xizmati

YANGILIKLAR TAQVIMI

Kutubxona

Feed not found
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech